О компании

   "META AVTOTRANSDIAGNOSTIK" MChJ - kompaniyasi o'lchash vositalari va o'lchash uskunalarini (gaz analizatorlari, gaz signalizatorlari, sizib chiqish detektorlari, ekshalatsiyalangan havodagi etanol bug' analizatorlari, diagnostika uskunalari va boshqalar) sotish, servis xizmat ko'rsatish va ta'mirlash sohasida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab logistika xizmatlarini ko‘rsatish faoliyati bilan shug'ullanadi.

   Kompaniyamiz “META” IICHF, “Olvia” MChJ, “Ditangaz” MChJ, “YUMS Soft” MChJ, "ECO-INTECH" MChJ , "Alfa Dinamika" MChJ kabi o'lchov vositalari ishlab chiqaruvchilari bilan hamkorlik qiladi. Shuningdek 2023 yildan boshlab gaz xromatograflari ishlab chiqaruvchisi Meta-Xrom MChJ hamda gaz analizatorlarini ishlab chiqaruvchi Hanwei Electronics Group Corporation bilan hamkorlik qilishni boshladi.

   Kompaniyamiz xodimlari yuqori malakali muhandislar, menejerlar, mexaniklar va metrologlardan iborat bo'lib, ular yuqorida qayd etilgan ishlab chiqaruvchi korxonalar bazalarida muntazam ravishda malaka oshirib boradilar. O‘zimizning akkreditatsiyalangan laboratoriyamiz O‘zbekiston Respublikasi hududida har qanday xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarini tezkorlik bilan amalga oshirish imkonini beradi.