Qiyoslash va kalibrlash xizmatlarini tashkil etish

Hurmat va ehtirom ko'rsatgan holda Semenets Aleksey Vladimirovich rahbarlik qilayotgan "META AVTOTRANSDIAGNOSTIK" MCHJ kompaniyasi Sizga, barcha olchash vositalarini metrologik nazorat qilish (qiyoslash, kalibrlash), servis xizmatini ko'rsatish va o'lchash vositalarini ta'mirlash sohasidagi xizmatlarni taklif qiladi hamda korxonangizga tegishli bolgan olchash vositalari uchun ushbu xizmatlarni sifatli tezkor va hamyonbop narxlarda amalga oshirib berishini malum qiladi. 

Kompaniyamiz o'lchash vositalarini qiyoslash bo'yicha Texnik jihatdan tartibga solish agentligidan royxatdan otgan akkreditatsiyalangan laboratoriyasiga ega (2023 yil 3 apreldagi OZAK.QL.0124 akkreditatsiya guvohnomasiga ega "SPEC TEST" MChJ) bolib o'lchash vositalarini qiyoslash, ta'mirlash va texnik xizmat ko'rsatish bo'yicha servis xizmatini amalga oshirish imkonini beradi.

Bundan tashqari kompaniyamiz, "OzMMI" davlat muassasasi va xorijiy mamlakatlarning metrologiya institutlarida o'lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash bo' yicha konsalting xizmatlarini amalga oshirishini malum qilamiz.

Kompaniyamiz xodimlari yuqori malakali muhandislar va metrologlardan iborat bo'lib, ular doimiy ravishda malaka oshirish bo'yicha treninglarda qatnashib oz bilim va konikmalarini oshirib kelmoqda.

Agar Sizda ushbu xizmatlarga extiyoj bolsa, mutaxassislar sizning korxonangizga tegishli o'lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash bo'yicha to'liq maslahat berishga tayyorligini bildiramiz.